Xayratdan tosh qotgan qorlar guvoh Toshlarga to'sh urgan olqorlar guvoh Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh Kelar yo’lingizni poyladim ming yil Shahrizoda aytsin ertaklarida Atirgul-da aytsin kurtaklarida
Muhabbatning mayus ertaklarida Kelar yo’lingizni poyladim ming yil Gullardan kavsh to’qib oyoqlarizga Rayhonlar o’stiray dudoqlarizga She’rlar aytar bo’lib quloqlarizga Kelar yo’lingizni poyladim ming yil.