Bilmay ovvoramiz kim mard, kim xoin. Do'st deb yurganimiz g'anim chiqar goh. Baht kimgadir armon, kimgadir o'yin. Hayot kimga ermak, kimga sajdagoh... Tillarda tovlanar tovba-tazarru, Hatolar tuzoqqa aylangan chog'i. Vo ajab oyga ham solmishdir qutqu, O'ylamay bosilgan qadamlar dog'i, qadamlar dog'i... Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor. Falak giryon-yig'lab kuzatar xazin. Ehh shuncha hasratni ortqilab bedor, charx urib telbavor aylanar zamin, aylanar zamin