Kayfiyatim bugun a’lo, Go`zallikka qalbim shaydo. Kimgadir emas, o`zimga Bo`layin bugun men fido. Sochlarimga beray bezak, Silkitib tursin yelvizak. Shu kun eng chiroyligi ham Menchalik bo`lmasa kerak. Bugun bir bayram qilayin, O`zimga oro berayin. Shundoq ham chakki emasman, Yanada go`zal bo`layin. Bugun bir janon bo`layin, Qo`g`irchoqqa aylanayin. Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli, O`zimga yoqsam bo`lgani. Kayfiyatim bugun go`zal, Bir bo`lay dedim-da asal. Qadrimga yetmaganlarni Qilayin o`zimga kasal. Qomatimni quchib olsin Menga yarashgan ko`ylagim. Hilpirab, titratib tursin, Yanada chiroyim ochsin. Bugun bir bayram qilayin, O`zimga oro berayin. Shundoq ham chakki emasman, Yanada go`zal bo`layin. Bugun bir janon bo`layin, Qo`g`irchoqqa aylanayin. Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli, O`zimga yoqsam bo`lgani. G`iybatlari qurib ketsin, Mishmishlari uchib ketsin, Bugun men hammadan go`zal, Alamlari yonib ketsin. Bugun bir asal bo`layin, Qo`g`irchoqqa aylanayin. Kim ko`rsa, ko`rmasa mayli, O`zimga yoqsam bo`lgani. Bugun men go`zalman juda.