Ataylab, e ataylab kech keldim bugun, Yorim xafa bo`larmikan deb. Yuragida bormi deya tugun, Qaydaligim so`rarmikan deb.
Astagina o`zim oldim-o, Boshdan-oyoq nazar soldim-o, Shubhaga ham borib qoldim-o, Mani yaxshi ko`rarmikan deb.
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? E, qizg`onasanmi? Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Har mahal erkalab, “oyim” desam, Ro`zg`orim, ham uyim-joyim desam, Ko`nglingni bilmoq uchun ataylab, Yolg`ondan bor bitta xatoyim desam.
Rashk qilasanmi? O`, qizg`onasanmi? E, balki yurak dardim bilmaysan-ey, Bilsang ham yo siring bermaysan-ey. Jo`rttaga egnimdan tola soch topib, Mazza qilib to`polonlar qilmaysanmi-yey?
Rashk qilasanmi? Qizg`onasanmi? Sevgida manchalik yona olasanmi? Rashk qilasanmi? E, qizg`onasanmi? Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?
Istagim – yo`limga bo`l intizor, Rashkning ham sevgida quvvati bor. (x2) Beparvolar bo`lib, o`ynab-kulib, G`aflatda qolmagin, deyman nigor.